22:33 / 03.02.2021
3 510

Sevgan qizining uyiga borgan yigit qizning ukasi tomonidan pichoqlanishi oqibatida vafot etdi

Sevgan qizining uyiga borgan yigit qizning ukasi tomonidan pichoqlanishi oqibatida vafot etdi
Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida yashovchi 22 yoshli fuqaro sevgan qizining uyiga mast holda borib, qizning ukasi bilan tortishib qolgan va pichoqlangan. Oqibatda yigit shifoxonada vafot etgan. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, 2021 yilning 30 yanvar kuni soat 22:00 da yigit mast holda tanishi hamrohligida sevgan qizining uyiga borib, uyga devor oshib kirgan. Shu payt qizning ukasi 20 yoshli B.S. hovlida odam sharpasini sezib qolib, oshxonadagi ro‘zg‘or pichog‘ini olib hovliga chiqqan. Qizning ukasini ko‘rgan oshiq yigitning do‘sti A.A. hovli devoridan oshib qochib ketgan.

Hovli burchagida qolgan 22 yoshli oshiq yigit J.Yu. esa sovchilariga rad javobi berilganini aytib, qizning ukasi bilan tortishib qolgan. Qizning ukasi jahl ustida qo‘lidagi oshxona pichog‘i bilan J.Yu.ning qorin sohasiga urib, unga tan jarohati yetkazgan.

Qizning oila-a’zolari J.Yu.ga birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatib, uni Qarshi shahrida joylashgan Respublika shoshilinch tez-tibbiy yordam ilmiy markazining viloyat filialiga olib borgan. Biroq ko‘rsatilgan birlamchi tibbiy yordamga qaramasdan, 22 yoshli yigit olgan og‘ir tan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Koson tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan B.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish, jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sevgan qizining uyiga borgan yigit qizning ukasi tomonidan pichoqlanishi oqibatida vafot etdi