Foto: IIV
2021 yil 4 fevral kuni Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi 1974 yilda tug‘ilgan fuqaro tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Unda shu yil 1 fevral kunidan 3 fevral kunigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaroning yashash uyi oldida joylashgan qurilishi yakunlanmagan uchastkasiga qo‘ygan narxi 15.000.000 so‘mlik 12 ta qutidagi asalari uyalarini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Namangan viloyat IIB Axborot xizmati xabariga ko‘ra, Uchqo‘rg‘on tuman IIB HPB profilaktika inspektori va TB katta tergovchilari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi ikki nafar fuqaro sodir etganliklari aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi