2021 yil 29 yanvar kuni soat 19:30 larda noma’lum shaxslar, Uchtepa tumani 11-mavze Kichik halqa yo‘li ko‘chasidan o‘tib ketayotgan 35 yoshli fuqaro Ilhom A.ga nisbatan hayoti va sog‘ligi uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, unga tegishli bo‘lgan qimmatbaho buyumlarini qo‘lga kiritmoqchi bo‘lishadi.
IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, Ilhom A. u yerdan qochib ketgan, lekin noma’lum shaxslar uning ortidan Chilonzor tumani 10-mavze 17 va 19-uylar oralig‘igacha quvib kelib, unga tan jarohati yetkazib, narxi 2.000.000 so‘mlik «Samsung A-21 S» rusumli uyali telefon apparatini talonchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, hodisa joyidan yashirinishgan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasida mazkur jinoyatni fuqaro 37 yoshli Viktor Z., 35 yoshli Mixail P. va Anatoliy L.lar mast holatda sodir etganliklari hamda talonchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritilgan Ilhom A.ga tegishli «Samsung A-21 S» rusumli uyali telefon apparatini Uchtepa tumani Chilonzor dahasida joylashgan «Farhod dehqon bozori»da noma’lum shaxsga 300.000 so‘m evaziga sotib yuborganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Viktor Z., Mixail P. va Anatoliy L.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi «a,v» bandlari (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov davomida, Viktor Z., Mixail P. va Anatoliy L.lar ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, ularga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi