11:11 / 15.02.2021
1 806

Qizil, sariq, yashil — olmadagi har bir rangning o‘z foydasi bor

Qizil, sariq, yashil — olmadagi har bir rangning o‘z foydasi bor
Foto: «Depositphotos»
Mutaxassislarning aytishlaricha, olma mevalarining rangiga qarab ham ularning tarkibidagi foydali xususiyatlarni bilib olsa bo‘ladi.

Qizil olma
Qizil olma po‘stlog‘i, ayniqsa, S vitamini va kanserogen moddalar (o‘sma kasalliklariga sabab bo‘luvchi)ni bataraf etuvchi antioksidantlarga juda boy. Aynan shu xususiyati stress oqibatida yuzaga kelib hujayralarni erta qarituvchi erkin radikallarni tiklashga xizmat qiladi.

Sariq olma
Sariq olma siydik pufagida muammosi borlar uchun foydali. Qolaversa, immunitetni mustahkamlaydi, yurak va jigar faoliyatini yaxshilaydi — sababi karotinga boyligi.

Yashil olma
Yashil olmalar avvalo allergiyasi borlar uchun foydali. Bu tusdagi olmalar tarkibidagi xlorofill immunitetni kuchaytiradi, bakteriyalar ko‘payishining oldini oladi, organizmdan toksinlar (zaharli moddalar)ni haydaydi. Yashil olmada temir moddasi nisbatan ko‘proq degan fikr — xato.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qizil, sariq, yashil — olmadagi har bir rangning o‘z foydasi bor