
Majburiy ijro byurosi Uychi tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tumanlararo sudining 06.08.2020 yildagi ijro hujjatiga asosan undiruvchi O.Tursunov foydasiga qarzdor qarzdor J.Nurdinovdan 105.918 ming so‘m qarz undirish belgilangan.
Mazkur ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan va davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, taraflarga ma’lumot uchun yuborilgan.
Ushbu ijro hujjati yuzasidan qarzdorning mulkiy holati o‘rganilib, bank va boshqa kredit tashkilotlariga so‘rovnomalar yuborilib, olingan javob xatlariga ko‘ra qarzdorning nomida mol-mulklari borligi aniqlanmagan.
Ijro harakatlarini olib borish jarayonida davlat ijrochisining majburiy ijro harakatlari natijasida qarzdordan jami 106.000.000 so‘m zarar pullari undirilib, tilxat orqali fuqaroga topshirildi. Amalda ijro hujjati tamomlandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar