Majburiy ijro byurosi Yakkabog‘ tuman bo‘limi ijro ishi yurituvida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ tumanlararo sudining 7.09.2016 yildagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor I.Ruziyevdan undiruvchi M.Djurayevaning bir nafar voyaga yetmagan farzandi moddiy ta’minoti uchun 1/4 qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud.
Mazkur ijro hujjati bo‘yicha bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan “Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, bu haqda taraflarga ma’lum qilingan.
Bundan tashqari, qarzdorga tegishli mol-mulklarni aniqlash va ijro hujjati ijrosini taminlash maqsadida, yuqoridagi Qonunining 87-moddasi talablariga muvofiq so‘rovnomalar yuborilgan.
Qarzdor ota tomonidan aliment pullari ixtiyoriy ravishda to‘lanmay, qasddan bo‘yin tovlab kelganligi oqibatida qarzdorlik joriy yilning fevral oyiga qadar jami 16 mln. so‘mga yetgan. Olib borilgan majburiy va tezkor ijro harakatlari natijasida alimentdan bo‘lgan qarzdorlik M.Djurayeva foydasiga undirib berildi.
Ahror Ne’matov
MIB Yakkabog‘ tuman bo‘limi davlat ijrochisi
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
MIB Yakkabog‘ tuman bo‘limi davlat ijrochisi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Global Janub kimniki?
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi