O‘zbekiston aholini ommaviy emlash maqsadida dunyoning 13 ta farmatsevtika kompaniyasi hamda ilmiy-tadqiqot markazlari bilan muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda 2021 yil 22 fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi tashabbusi bilan parlament eshituvida ma’lum qilindi.
Jumladan, amalga oshirilgan hamkorlik natijalaridan kelib chiqib, Xitoyning «Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co.,Ltd» kompaniyasi koronavirusga qarshi vaksinani yaratishda O‘zbekistonning «ZF 2001» vaksinasini birga yaratgan hammuallif davlat sifatida belgilangani hamda ushbu yangi vaksinani «ZF-UZ-VAC 2001» nomi bilan birgalikda ishlab chiqarish va undan foydalanish kelishilgani ma’lum qilindi.
Shuningdek, O‘zbekiston GAVI (Vaksinalar va immunizatsiya bo‘yicha global alyans) tashkiloti COVAX (koronavirusga qarshi emlash mexanizmi) fondiga a’zo davlatlar qatoriga kiradi. Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan COVAX fondi hisobidan mamlakatimiz aholisini koronavirusga qarshi emlash bo‘yicha yetarli miqdorda vaksina yetkazib berish yuzasidan buyurtma tayyorlanib, GAVI tashkilotiga taqdim etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi