
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Izboskan tumanlararo sudining 08.01.2020 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor T.I undiruvchi T.O foydasiga 3 nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun oylik topgan daromadining 1/2 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.
Ijro harakatlari davomida, Izboskan tuman majburiy ijro byurosi xodimlari tomonidan qarzdor va undiruvchilar o‘rtasida olib borilgan tushuntirishlar natijasida, bundan bir yil muqaddam buzilib ketgan oilaning tiklanishiga erishildi.
Yoki, sudning 27.06.2016 yildagi buyrug‘iga asosan qarzdor X.A hisobidan X.N foydasiga 2 nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun oylik topgan daromadining 1/3 qism miqdorida aliment undirish belgilangan.
Byuro xodimlarining harakatlari natijasida 5 yil avval buzilib ketgan oilaning qayta tiklanishi bilan 2 nafar voyaga yetmagan farzandlari ota-onasi bag‘rida ulg‘ayishlariga zamin yaratildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar