
Kadr: Telegram
Samarqand viloyati Paxtachi tumani «Ko‘rpa» mahallasidagi xonadonlarning birida «qanotli» buzoq tug‘ildi. Bu haqda «Paxtachi» gazetasi muxbiri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 20 fevral kuni tug‘ilgan ushbu «qanotli» buzoqcha «Ko‘rpa» mahallasida yashovchi G‘aybulla Xayrullayevga tegishli.
«Homila egizak bo‘lgan bo‘lsa, zo‘rlik qilib oyoq bu buzoqqa o‘tgan bo‘lishi mumkin», — deya g‘ayrioddiy holatga izoh beradi G‘aybulla Xayrullayev.
— Shukhrat (@bankir2102) February 25, 2021
Videodan ko‘rish mumkinki, buzoqchaning o‘ng tomonida qanotga o‘xshash oyoqcha mavjud. Ta’kidlanishicha, mazkur buzoqchani ko‘rish uchun ko‘plab fuqarolar tashrif buyurmoqda. «Hatto uning evaziga mo‘may pul bermoqchi bo‘lganlar ham ko‘paygan», — deyiladi xabarda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing