Foto: O‘zPFL
Futzal bo‘yicha OKMK futzal jamoasining 26 yoshli o‘yinchisi Timur Berdiyev avtohalokatga uchrab vafot etdi. Bu haqidagi ma’lumotni «Daryo» ma’lum qilmoqda.
Manbaning tasdiqlashicha, futzalchi 2021 yil 27 fevral, shanba kuni Andijondan Toshkentga Matiz avtomashinasida yo‘lovchi sifatida qaytayotgan bo‘lgan. Qamchiq dovonida esa Matiz, Nexia va Tico avtomobillari yo‘l transport hodisasini vujudga keltirgan. Ushbu to‘qnashuv oqibatida Timur Berdiyev vafot etgan. Tico’da bo‘lgan bir nafar yo‘lovchi esa tan jarohati olgan. Hodisaning boshqa tafsilotlari hozircha ma’lum emas.
Ma’lumot uchun, Timur Berdiyev 1995 yil tavallud topgan. Uning futzaldagi faoliyati havaskorlar ligasida boshlangan va «Ardus», «Paxtakor» va OKMK futbol klublari safida to‘p surgan. Professional futbol ligasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Berdiyev 2021 yil qishki transferlar oynasida Bishkekning «Farvater» jamoasiga o‘tishi rejalashtirilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin