Foto: «Zen.yandex.ru»
Tarkibida fruktoza haddan tashqari mo‘l bo‘lganligi uchun shirin mevalarni ko‘p iste’mol qilish xavfli. U — monosaxarid: agar ko‘p yeb qo‘ysangiz, qonda xolesterin miqdori ortadi. Bu esa toksik visseral yog‘ hosil bo‘lishiga hamda metabolik kasalliklarga olib kelishi mumkin.
Ushbu jarayonning eng og‘ir asorati — qandli diabet.
Birinchi navbatda, pishib o‘tib ketgan va yumshoq mevalardan saqlanish kerak: ularning tarkibida fruktoza juda ko‘p. Uning qanday meva ekanligi muhim emas: agar u haddan tashqari yumshoq bo‘lsa va u ancha paytgacha saqlangan bo‘lsa, unda bu mevani yomon deb hisoblash mumkin.
Mutaxassislar sharbati kamroq bo‘lgan qattiq mevalarni tanlashni tavsiya etishadi.
Asosan kivi, ananas, banan va mangoga e’tibor qaratish maslahat beriladi. Shu bilan birga, sitrus mevalar, uzum, qora smorodina, krijovnik singari mevalarga ruju qo‘ymaslik kerak. Chunki ular organizmda bijg‘ish jarayonini kuchaytirib yuborishi hech gap emas.
Oshqozon-ichak yo‘li kasalliklariga chalingan odamlar mevalardan butunlay voz kechganlari ma’qul. Ko‘pi bilan haftasiga ikkita olma bilan bitta nok kifoya qiladi.
Mutaxassislarning fikricha, bu cheklovlar faqat limonga tatbiq etilmasligi mumkin. Chunki uning tarkibida pektin va bioflavonoidlar bisyor. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda