
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 25 fevraldagi qarori bilan O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumatlari o‘rtasida mehnat faoliyati va Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan mehnat muhojirlari va O‘zbekistonda Qozog‘iston fuqarosi bo‘lgan mehnat muhojirlari huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi shartnoma tasdiqlandi.
Hujjatga asosan mehnat migrantlari qabul qiluvchi mamlakat qonunchiligi va mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq dam olish, atrofdagilar uchun xavf tug‘diradigan o‘tkir kasalliklar bo‘yicha kafolatlangan bepul tibbiy yordam olish huquqiga ega.
Shuningdek shartnoma, ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibini belgilaydi. Qabul qiluvchi mamlakat hududida mehnat migrantlari tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun o‘quv hujjatlar tan olish jarayonlarisiz tan olinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar