Bojxona organlari tomonidan tovar-moddiy boyliklarni respublikamizga noqonuniy olib kirishga urinish bilan bog‘liq holatlarni fosh etishga qaratilgan tadbirlar muntazam olib borilmoqda.
Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan poytaxtimizda faoliyat olib boruvchi jamiyat nomiga keltirilgan konteynerdagi8 turdagi xo‘jalik mollari belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Natijada, mazkur konteynerda yo‘l yuk-kuzatuv xujjatlarida ko‘rsatilmagan qiymati 537mln so‘mlik 3 turdagi tovarlar borligi aniqlandi.
Yana bir holatda esa, 4 turdagi “Velosiped ehtiyot qismlari” tovarlari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, yuk konteynerida yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilganidan ortiqcha 4775 dona, qiymati 250 mln so‘mlik velosiped shinalari borligi aniqlandi va ushbu tovarlarga qo‘shimcha 95,5 mln so‘m bojxona to‘lovlari hisoblandi.
“Chuqursoy” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan aniqlangan holatda esa mas’uliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga keltirilgan xo‘jalik tovarlari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, bojxona yuk deklaratsiyasida hamda yuk hujjatlarida ko‘rsatilganidan ortiqcha bo‘lgan 118 mln so‘mlik2700 juft rezina oyoq kiyimlarborligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari...
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti