Qumqo‘rg‘on tumanida fuqarolarga lizing asosida avtomashina olib berishni va’da qilgan firibgarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qumqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, muqaddam 2 marotaba firibgarlik jinoyati uchun sudlangan Ch.O‘. chekka hududlarda istiqomat qiluvchi M.Ch. va boshqalarni o‘zining agrofirmasi borligiga ishontirib, ularga ushbu agrofirma orqali lizing asosida «Cobalt» rusumli avtotransport vositasini olib berishga va’da berib, 31,1 mln so‘m hamda 3 900 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Ch.O‘.ga nisbatan Jinoyat kodeksning 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi?
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi