Fuqarolik ishlari bo‘yicha Zarbdor tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor X.Bdan undiruvchi R.Dning foydasiga ikki nafar farzandlarining moddiy ta’minoti uchun oylik ish haqi va boshqa daromadlarining uchdan bir qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.
Mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Urganch shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilgan.
Qarzdor X.Bning mol-mulkini aniqlash maqsadida tegishli davlat idoralariga so‘rov xatlari yuborilgan bo‘lib, unga ko‘ra qarzdor nomiga rasmiylashtirilgan mol-mulklar aniqlanmagan.
Ijro harakatlari davomida qarzdor bir necha marta ogohlantirishlarga qaramasdan anchadan buyon to‘lamay kelayotganligi aniqlandi. Uning aliment qarzdorligi hisob-kitob qilinganda bugungi kun holatiga 18 mln. 246 ming so‘m qarzdorligi mavjud.
Qarzdor X.Bdan aliment qarzdorligini undirish imkoni bo‘lmaganligi sababli, unga nisbatan to‘plangan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 47(4)-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy javobgarlik masalasini ko‘rishlik uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Urganch shahar sudiga yuborilib, mazkur sudning qarori bilan qarzdorga nisbatan qamoq jazosi tayinlangan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p?
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi