2 658
Surxondaryoda 20 yoshli qizni olib qochib ketgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Surxondaryo viloyati Denov tumani IIO FMB boshlig‘i nomiga 20 yoshli So‘g‘diyona X. ariza bilan murojaat qildi, deb xabar bermoqda IIV huzuridagi Tergov departamenti.
U 2021 yilning 4 mart kuni soat 10:30larda Denov tumani “O‘rikzor” MFY hududida tanishi, 28 yoshli Abdulla R. o‘ziga tegishli “Spark” rusumli avtomashinada oldiga kelib, ikki nafar noma’lum shaxs bilan unga nisbatan kuch ishlatib, avtomashinasiga majburlab o‘tirg‘izgani, ikki nafar sherigi yo‘lda mashinadan tushib qolganidan so‘ng “menga erga tegsang uyga olib borib qo‘yaman”, deb shart qo‘yib olib qochib ketganini hamda u Abdulla R.dan qochib ketish maqsadida, unga turmushga chiqishga rozilik berib, ota-onasini ham rozi qilishga va’da berib, uning qo‘lidan qochganini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Denov tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 136-moddasi (Ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga to‘sqinlik qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov davomida, Abdulla R. So‘g‘diyona X.ni erga tegib ketmasligi uchun olib qochganini, uning sheriklari 25 yoshli Zuhriddin S. hamda 18 yoshli Asliddin E. ekani aniqlangan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Jinoyat kodeksi normalariga ko‘ra, ushbu jinoyatni sodir etgan shaxslar bazaviy hisoblash miqdori 25 baravarigacha miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi