1 959
Po‘lat Bobojonov: "Ilgari jinoyatchilik ko‘lamiga raqamlarga qarab baho berar edik, ..."
Oliy Majlis Senatining o‘n uchinchi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovning huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risidagi 2020 yil yakuni bo‘yicha axboroti eshitildi.
Unda vazir ilgari jinoyatchilik ko‘lami faqat raqamlar orqali baholangani hozirda bu tizim ancha o‘zgargani haqida to‘xtaldi.
«Jinoyatchilikka qarshi kurashda raqam ortidan quvish emas, jinoyatchilikning asl sabablarini bartaraf etish orqali fuqarolarning haq-huquqlarini himoya qilishga asosiy e’tibor qaratildi.
Ilgari jinoyatchilik ko‘lamiga raqamlarga asosan ko‘paydi kamaydi deya baho berar edik, buning ortida inson taqdiri yotganligini unutib qo‘yardik.
Eng achinarlisi ko‘rsatkichlarni sun’iy ravishda yaxshilash uchun jinoyatni hisobdan yashirishga urinadigan holatlar bor edi. Yoki jinoyat sonini oshirmaslik uchun odam savdosi, fohishabozlik, giyohvandlik, korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarni aniqlashda tashabbus ko‘rsatilmas edi. Endilikda bu salbiy illatdan voz kechildi va vaziyat hududdagi haqiqiy ahvolga qarab baholanmoqda», dedi Po‘lat Bobojonov. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi