Foto: Videolavhadan skrinshot
Oltiariq tumanida yashovchi fuqaroning tuman Xalq qabulxonasi binosi oldida qo‘l tomirlariga jarohat yetkazishga urinishi holati yuzasidan viloyat hokimligi bayonot berdi.
Oltiariq tumanida yashovchi fuqaro Ma’murjon Berdaliyevning tuman Xalq qabulxonasi binosi oldida tashqari ko‘chada o‘z qo‘l tomirlariga jarohat yetkazishga uringani, bunday hatti-harakatga uzumchilik uchun ajratilgan yer maydoni to‘g‘risidagi qarorning bekor qilingani sabab bo‘lgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqaldi.
«Avvalo, fuqaro Ma’murjon Berdaliyev haqiqatdan ham 11 mart kuni Oltiariqdagi tuman Xalq qabulxonasi binosi oldida o‘z qo‘l tomirlariga jarohat yetkazishga uringani, biroq tuman IIB xodimlarining tezkor harakatlari sabab M.Berdaliyevning harakatlari oxiriga yetmay, tibbiyot birlashmasiga olib borilib unga birinchi yordam ko‘rsatilgani, bugungi kunda uning sog‘lig‘i va holati yaxshi ekani ma’lum qilinadi.
Viloyat hokimligi, viloyat Xalq qabulxonasi, xalq deputatlari viloyat kengashi, viloyat prokuraturasi va viloyat ichki ishlar boshqarmasi tomonidan mazkur holat yuzasidan o‘rganish olib borish uchun ishchi guruh tuzildi.
Ishchi guruh, fuqaroga uzumchilik uchun yer maydoni ajratilishi, bu bo‘yicha tuman hokimi qarorini bekor qilinishi bilan bog‘liq holatlarni, fuqaro Ma’murjon Berdaliyevni bunday hatti-harakat qilishga majburlagan sabablarni joyida o‘rganib chiqadi. O‘rganish natijalari yuzasidan tez kunda qo‘shimcha ma’lumot e’lon qilinadi», deyiladi bayonotda.
— Shukhrat (@bankir2102) March 13, 2021“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global Janub kimniki?
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi