10:55 / 15.03.2021
2 558

Ilk yoshdagi bolalarni rivojlantirish uchun innovatsion laboratoriya tashkil etiladi

Ilk yoshdagi bolalarni rivojlantirish uchun innovatsion laboratoriya tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasining “Ilk yoshdagi bolalarni rivojlantirish uchun innovatsion tadqiqot laboratoriyasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasi e’lon qilindi.

Qaror loyihasi bilan Maktabgacha ta’lim vazirligi tizimida Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti tuzilmasida yuridik shaxs maqomisiz ilk yoshdagi bolalarni rivojlantirish uchun innovatsion tadqiqot laboratoriyasini tashkil etish nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, qaror loyihasi bilan Innovatsion laboratoriyaning bir qator funksiyalari belgilab berilmoqda.

Jumladan:
  • ilk yoshdagi bolalarni jismoniy rivojlantirish, salomatligini saqlash, sog‘lom ovqatlantirish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borish;
  • ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning shaxsiy, psixologik rivojlanishiga yordam berishga qaratilgan maslahat xizmatlari ko‘rsatish;
  • ilk yoshdagi bolalar nutq va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish;
  • ilk yoshdagi bolalarning bilish jarayonlarini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish;
  • ilk yoshdagi bolalar badiiy-ijodiy qobiliyatini rivojlantirish;
  • ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanish darajasini o‘rganish, tahlil qilish, bolalar rivojlanishidagi muammolarni aniqlash;
  • bolalar rivojlanishidagi buzilishlarni korreksiya qilish va oldini olish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
  • bolalarni erta rivojlantirish bo‘yicha tajriba-sinov ishlarini olib borish va monitoringini yuritish;
  • pedagog va ota-onalarga bolalarni erta rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarga asoslangan amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.

Bundan tashqari, Innovatsion laboratoriya Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ular malakasini oshirish instituti tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi hamda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib boradi. Ota-onalar, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglariga, maktabgacha ta’lim turlari uchun kadrlar tayyorlovchi muassasalar (professional ta’lim, oliy ta’lim muassasalari, maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiya olayotgan oilalar)ga metodik xizmat ko‘rsatadi.

Innovatsion laboratoriya Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Yusuf Xos Hojib ko‘chasi, 64-uy manzilidagi Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ular malakasini oshirish instituti binosiga joylashtiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ilk yoshdagi bolalarni rivojlantirish uchun innovatsion laboratoriya tashkil etiladi