Navoiy viloyati IIB TvaEQKB xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida yashovchi 1969 yilda tug‘ilgan fuqaro Q.M Navoiy shahrida yashagan 1998 yilda tug‘ilgan M.G‘.ni dastlab Toshkent shahrida joylashgan savdo do‘konlarida ishlatishni maqsad qiladi va aldab olib ketadi.
Biroq berilgan va’dalar va’daligicha qolib, oradan hech qancha vaqt o‘tmasdan nafsi hakalak otgan ayol endigina 23 bahorni qarshilagan qizni 2020 yilning oktabrida Toshkent xalqaro Aeroporti orqali Turkiya davlatiga olib chiqib ketadi. Ayon bo‘lishicha, ayol degan nomga nomunosib Q.M. g‘arazli va past maqsadlarni ko‘zlab, ushbu davlatda mavjud qarzi evaziga uni Turkiya davlatida yashovchi fuqarolarga sotib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Navoiy viloyati IIB TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi «z» bandi (Jabrlanuvchini O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasidan olib o‘tgan holda yoki uni chet elda qonunga xilof ravishda ushlab turgan holda) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
O‘zbekistonda 30 aprel kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi