
Foto: «O‘zstandart» agentligi
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi ota-onalarni Xitoyda ishlab chiqarilgan Music Lollipop o‘yinchog‘ini sotib olishda ogohlikka chaqirdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu o‘yinchoq rusumi Haunger bo‘lib, xavf turi bo‘g‘ilish hisoblanadi. Batareyada ishlaydigan mazkur o‘yinchoq lollipop-shirinligi ko‘rinishida yaratilgan.
«O‘yinchoq dastagi juda uzun va yosh bola dastakni og‘ziga solib, tiqilib qolishi mumkin. Mahsulot o‘yinchoqlar xavfsizligi to‘g‘risidagi ko‘rsatma va tegishli Yevropa standarti EN 71-1 talablariga to‘laqonli javob bermaydi. O‘rov-idishi blister oynachali karton qutidan iborat», — deyiladi xabarda.
Agentlik axborot tizimiga kiritilgan sifatsiz mahsulotlar bilan «control.standart.uz» elektron manzili orqali batafsil tanishish mumkinligini eslatib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda «O‘zstandart» agentligi Toshkent bozorlarida saraton kasalligini keltirib chiqaruvchi bolalar o‘yinchoqlari sotilayotganligini aniqlagan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar