07:30 / 17.03.2021
2 248

Shuhrat Abdurahmonov: «To‘rt yil avval O‘zbekiston va Qirg‘iziston bir-biriga yopiq mamlakatlar edi»

Shuhrat Abdurahmonov: «To‘rt yil avval O‘zbekiston va Qirg‘iziston bir-biriga yopiq mamlakatlar edi»
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning 11—12 mart kunlari O‘zbekistonga qilgan tashrifi davomida Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov «Daryo»ga bergan intervyusida O‘zbekiston va Qirg‘izistonning bugungi siyosiy munosabatlari haqida o‘z fikrini bildirdi.

«Bundan to‘rt yil avval Qirg‘iziston va O‘zbekiston bir-biriga umuman yopiq mamlakatlar edi. Buning xalqimizga qanchalik og‘ir bo‘lganligini chegara hudud rahbari sifatida judayam yaxshi his qilaman. Sababi ko‘plab aholimiz qo‘shni mamlakatdan kelin tushirgan, u tomonga qizini turmushga uzatgan. O‘n besh yillab farzandini yoki ota-onasini ko‘rolmaganlar bor edi.

To‘rt yil oldin hurmatli Prezidentimiz tashabbus ko‘rsatib, ikki mamlakat xalqlari birdamligini ta’minlash maqsadida katta qadam bosgan edi. O‘ylaymanki, mazkur tashrif va uchrashuv ikkinchi qadam bo‘lyapti. Tashrif davomida yechimini kutayotgan muammolarimizning hammasi yechim topyaptiki, bu ham siyosiy, ham iqtisodiy, ham boshqa yo‘nalishlar nuqtai nazardan, xalqimizning farovonligini ta’minlash va odamlarimizni hayotdan rozi qilishga xizmat qiladi.

Uchrashuvda ikki davlat prezidentlari ko‘plab masalalarni chegara hudud hokimlarining o‘zlari ham hal qilishi kerakligini qayd etishdi. Bunday vakolat va imkoniyatlar bizga, albatta, ulkan mas’uliyat yuklaydi. Bu ishlarni vaqtida amalga oshirsak, xalqimizning hayotdan rozi bo‘lishi tezroq ta’minlanadi
», — dedi Abdurahmonov.

Uning aytishicha, tashrif davomida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev chegaraoldi viloyatlari rahbarlari tez-tez uchrashib turishini ta’kidlagan.

«Andijon Qirg‘izistonning O‘sh va Jalolobod viloyatlari bilan chegaradosh. Ikkala viloyat rahbarlari bilan gaplashib, barcha sohalarda amalga oshiradigan ishlarimiz bo‘yicha ‘yo‘l xarita’lari tuzib oldik. Bundan tashqari, davlatimiz rahbari shunday topshiriq berdiki, tuzilgan ‘yo‘l xarita’lari natijasi bo‘yicha har oyda hokimlar bilan uchrashib, muhokama qilib, ijrosi bo‘yicha hurmatli Prezidentimizga axborot beramiz. O‘ylaymanki, belgilangan rejalarning barchasining ijrosini ta’minlaymiz», — dedi viloyat hokimi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shuhrat Abdurahmonov: «To‘rt yil avval O‘zbekiston va Qirg‘iziston bir-biriga yopiq mamlakatlar edi»