date
views 1 439

Bojxonachilar hujjatlardan tushib qolgan 1 mlrd. so‘mdan ortiq tovarlarni fosh etishdi

Bojxonachilar hujjatlardan tushib qolgan 1 mlrd. so‘mdan ortiq tovarlarni fosh etishdi
Bojxona organlari tomonidan yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Chuqursoy texnik idorasi” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari xorijdan yurtimizda yurituvchi ma’suliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga yuk konteynerida keltirilgan, yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlariga asosan “Texnologik asbob-uskuna” deya ko‘rsatilgan tovarlarning inspeksion ko‘rik majmuasidan olingan tasvirlar o‘rtasida tafovut mavjudligi sababli bojxona ko‘rigidan o‘tkazishdi.

Natijada, mazkur yuk konteynerida hujjatlarda umuman qayd etilmagan og‘irligi 25 tonnadan ortiq bo‘lgan qiymati 1 mlrd. 196 mln. so‘mlik 149 turdagi “Xo‘jalik va qurilish mollari” tovarlari borligini aniqlashdi. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bojxonachilar hujjatlardan tushib qolgan 1 mlrd. so‘mdan ortiq tovarlarni fosh etishdi