1 578
188 mln. so‘m qarzdorlikni to‘lagan karzdorning “Cobalt” transport vositasi qaytarildi
Toshkent tumanlararo Iqtisodiy sudining 20.12.2019 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor “Murod ta`mir servis”dan undiruvchi “Gabarit servis” MCHJ foydasiga jami 188 mln. 927 ming so‘m undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Yashnobod tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va davlat ijrochisi J.Raxmatov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida dastlab qarzdorlarga ijro hujjjati yuzasidan huquq va majburiyatlari to‘liq tushuntirilib, belgilangan tartibda ixtiyoriy muddat berilgan.
Qarzdor nomiga rasmiylashtirilgan mol-mulklar aniqlanib qarzdorga tegishli bo‘lgan “Cobalt” rusumli transport vositasi tegishli tartibda xatlangan va band solingan.
Qarzdorlarga tegishli transport vositasi realizatsiya qilinguniga qadar qarzdor tomonidan taqdim qilingan to‘lov topshiriqnomaga asosan undiruvchi “Gabarit servis” MCHJ foydasiga jami 188 mln. 927 ming.so‘m qarzdorlik to‘liq bartaraf etilganligi sababli “Cobalt” transport vositasi qarzdorga qaytarildi hamda ijro hujjati ijrosi tamomlandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Tojikiston Rossiyaga jiddiy norozilik bildirdi
Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Sudyalar oliy kengashi «Jo‘rayevlar ishi»da tomonlarni turli xil bayonot berishdan tiyilishga chaqirdi
Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi