20:35 / 25.03.2021
1 562

188 mln. so‘m qarzdorlikni to‘lagan karzdorning “Cobalt” transport vositasi qaytarildi

188 mln. so‘m qarzdorlikni to‘lagan karzdorning “Cobalt” transport vositasi qaytarildi
Toshkent tumanlararo Iqtisodiy sudining 20.12.2019 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor “Murod ta`mir servis”dan undiruvchi “Gabarit servis” MCHJ foydasiga jami 188 mln. 927 ming so‘m undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Yashnobod tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va davlat ijrochisi J.Raxmatov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida dastlab qarzdorlarga ijro hujjjati yuzasidan huquq va majburiyatlari to‘liq tushuntirilib, belgilangan tartibda ixtiyoriy muddat berilgan.

Qarzdor nomiga rasmiylashtirilgan mol-mulklar aniqlanib qarzdorga tegishli bo‘lgan “Cobalt” rusumli transport vositasi tegishli tartibda xatlangan va band solingan.

Qarzdorlarga tegishli transport vositasi realizatsiya qilinguniga qadar qarzdor tomonidan taqdim qilingan to‘lov topshiriqnomaga asosan undiruvchi “Gabarit servis” MCHJ foydasiga jami 188 mln. 927 ming.so‘m qarzdorlik to‘liq bartaraf etilganligi sababli “Cobalt” transport vositasi qarzdorga qaytarildi hamda ijro hujjati ijrosi tamomlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 188 mln. so‘m qarzdorlikni to‘lagan karzdorning “Cobalt” transport vositasi qaytarildi