2 751
Qishloq vrachlik punktida bemorlar «chaqirilmagan mehmonlar»ning ta’zirini berib qo‘yishdi
Foto: «Tergov.uz»
2021 yil 23 mart kuni soat 11:00 larda Namangan viloyati Chortoq tumani Saroy MFY hududida joylashgan QVP binosiga 33 yoshli Murod Yu. va 35 yoshli Shavkat Yu.lar kelgan. Ular ma’muriyatga ushbu binoni bo‘shatib berishlarini, zamonaviy klinika qurmoqchi ekanliklarini bildirishgan. U yerda davolanayotgan 37 yoshli Fayzullo T. va 31 yoshli Anvar M.lar ularni turli so‘zlar bilan haqorat qilib, tanasining duch kelgan joylariga urib jarohat yetkazganlar. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bergan.
Sud tibbiy ekspertiza xulosasida Murod Yu. hamda Shavkat Yu.larda yengil turdagi tan jarohatlari mavjudligi ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Chortoq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Fayzullo T. va Anvar M.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «b» bandi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinganlar. Hozirda tergov davom etmoqda.
Ta’kidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi