3 660
«Sizga kim ruxsat berdi?» — Sherzod Qudratxo‘ja Oliy Majlisga telefon bilan kirgani haqida
Xalqaro press-klubda «Bugun parlament OAV, jurnalist va blogerlar bilan ishlashni qanday yo‘lga qo‘yadi?» mavzuida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda Sherzod Qudratxo‘ja Oliy Majlis binosiga telefon bilan kirish mumkin bo‘lmagani, internet ham cheklangani haqida gapirdi.
«Esimda, o‘tgan chaqiriqdagi parlament davrida bizni mutaxassis sifatida Qonunchilik palatasiga chaqirishdi. O‘shanda Press-klub endi faoliyatini boshlagan yillar edi. Kirsam, telefonimni olib qo‘yishdi. Men iltimos qilib, telefonimni qaytarib olib, parlamentga kirib ketdim.
Deputatlar bilan davrada gaplashib o‘tiruvdik, kimdir menga telefon qildi. Telefonni olsam, deputatlar hayron: «Siz qanday qilib telefonni parlamentga olib kirdingiz? Sizga kim ruxsat berdi?» deyishdi. «Sizlarchi?» desam, «Biz telefon bilan kirolmaymiz», deyishdi. Men «Axir sizlar ijtimoiy tarmoqni qanday kuzatasiz?» deb so‘radim.
Deputatlar uchun eski kompyuterlar o‘rnatilgandi. Mana, Rasul Kusherbayev biladi. Ularda internet ham cheklangan ekan o‘shanda. «Hamma resurslarga kirolmaymiz», deyishgandi. Faqat intranet, ya’ni ichki sayt qilingan ekan.
Mana, o‘sha paytdagi bizning yopiqligimiz, hatto deputatlarimiz jurnalistlardan qochib yurgan davr edi. OAV bilan gaplashmagan. Bitta-ikkita odam gaplashgan mard bo‘lib. Internetda, ijtimoiy tarmoqda deputatning bo‘lishi mumkin emas bo‘lgan. Va buni ular tabiiy hol deb o‘ylashgan», — deydi Xalqaro press-klub rahbari.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Odiljon Tojiyev hozir deputatlar muloqot yoki ijtimoiy tarmoqlarni kuzatish uchun parlamentda telefonlardan erkin foydalanishini ma’lum qildi.
«Facebook» yoki «Telegram» kabi tarmoqlarda deputatlarning deyarli 90 foizi o‘z sahifasini ochgan, atigi 10 foizdan ortig‘i hali akkauntiga ega emas. Shu ozchilik orasida ham kimlardir akkaunt ochgan, lekin tartib-qoidasi bilan, muntazam va faol yuritmagan. Bu ko‘rsatkichni 100 foizga olib chiqamiz, deputatlarimiz bilan gaplashib-kelishib oldik», — qayd etdi deputat. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?