
Foto: yuz.uz
Bugun, 27 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi Ishchi guruhi poytaxtimizning Yashnobod tumanida bo‘lib, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush farovonligini oshirish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlarni o‘rganib, aholi bilan bevosita muloqot qildi.
Xususan, T.Norboyeva ushbu tumanlardagi kunlik ishchilar markazi faoliyatiga e’tibor qaratdi. «Qo‘yliq» bozori hududidagi «Mardikor bozori»dagi fuqarolar-ishchilar bilan suhbatlashdi. Aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganib, murojaatlarini tingladi. Shu yerning o‘zida ular nazoratga olinib, tegishli mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar