Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining 2020 yil 24 dekabrdagi qaroriga qarzdor Samarqand shahar hokimligidan R.E.ning foydasiga buzilishga tushgan qahvaxona binosining qurilishiga ketgan sarf-xarajatlar uchun 468 mln. 794 ming so‘m kompensatsiya undirish belgilangan.
Mazkur ijro hujjati Byuroning Samarqand shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi yuritilgan.
O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga ko‘ra qarzdorlarga ijro hujjatining ijrosini ixtiyoriy ravishda ta’minlash uchun muddat berilgan.
Shuningdek, Qonunning 71-moddasiga asosan davlat ijrochisi tomonidan Samarqand shahar hokimligiga 468 mln. 794 ming so‘m kompensatsiya pullarini to‘lab berish majburiyat yuklatilgan.
Shu bilan birga, Byuroning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan mazkur ijro hujjatini ijrosini ta’minlash bo‘yicha Samarqand shahar hokimligiga eslatma xati yuborilgan.
Ijro tadbirlari davomida Samarqand shahar hokimligidan 468 mln. 794 ming so‘m kompensatsiya pullari to‘liq undirilib, undiruvchi R.E.ning plastik kartasiga o‘tkazib berilib, ijro hujjati amaldagi Qonunning 41-moddasi 1-qismiga asosan tamomlangan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin