17:38 / 04.04.2021
1 994

30 ming dollar evaziga prokuraturaga ishga joylashni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi

30 ming dollar evaziga prokuraturaga ishga joylashni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi
Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar berishicha, prokuratura organlariga ishga olib kirishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olindi.

Ma’lumotga ko‘ra, «Nosir» ismli shaxs mansabdor yaqinlari orqali fuqaro A.E.ni prokuratura organlariga ishga joylashtirishini aytib, evaziga 30 ming AQSH dollari talab qilgan. U ushbu pullar hisobidan 5 ming dollarini oldindan berish kerakligini aytgan.

A.E.ning tanishi I.E. ushbu holat yuzasidan prokuratura organlariga ariza bilan murojaat qilgan.

4 aprel kuni murojaat yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, 2 nafar fuqaro Chilonzor tumanidagi «Denov» choyxonasida I.E.dan 5 ming dollarni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Gumondor shaxslar protsessual tartibda ushlangan. Holat yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 30 ming dollar evaziga prokuraturaga ishga joylashni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi