17:50 / 07.04.2021
2 970

Nurobodda 1,5 mingga yaqin qo‘y tuman hokimligi binosi oldiga haydab kelingani yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

Nurobodda 1,5 mingga yaqin qo‘y tuman hokimligi binosi oldiga haydab kelingani yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatidagi Nurobod tumani hokimligi binosi oldida 6 ming bosh qo‘y haydab kelingani haqida video va xabarlar tarqaldi. Viloyat IIB matbuot xizmati voqea yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa 6 aprel kuni soat 16:00 larda sodir bo‘lgan. Respublika Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan «Samarqand qorako‘l klaster» MCHJ korxonasiga 151 ming gektar hamda Sp Luxe MCHJ qo‘shma korxonasiga 197 243,4 gektar yaylov yer maydonlari ajratilgan.

Klaster Sp Luxe MCHJ va Qorako‘lcha mavzesida faoliyat ko‘rsatayotgan «Sohibkor Hojiakbar» fermer xo‘jaligi o‘rtasida 49 yilga 834 gektar yaylov yer maydonini ijaraga olish bo‘yicha shartnoma tuzilgan bo‘lib, unda 1450 bosh mayda shoxli molni boqish ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, ushbu yer maydonida fermer xo‘jaligi rahbari tomonidan 4 mingdan ziyod chorva mollari boqilgani «Qilichli» mahallasi fuqarolarining noroziligiga sabab bo‘lgan. Shundan so‘ng klasterning 1450 bosh qo‘yi mahalliy aholi tomonidan 6 aprel kuni soat 16:00 larda tuman markaziga haydab kelingan.

Keyinroq tuman hokimi va tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i boshchiligida Sp Luxe MCHJ qo‘shma korxonasi ish boshqaruvchisi hamda fuqarolar bilan yig‘ilish o‘tkazilib, ushbu jamiyat rahbari «Sohibkor Hojiakbar» fermer xo‘jaligi o‘rtasida tuzilgan shartnomani bekor qilinishi mutasaddilar nazoratiga olingan.

«Yuqoridagi kabi holatlar takrorlanmasligi maqsadida aholining chorva mollari uchun ayni vaqtlarda yuqoridagi klaster korxonalari tomonidan mahalla fuqarolar yig‘inlariga mas’uliyati cheklangan jamiyatlar tashkil etgan holda, birinchi navbatda qishloq aholisi chorva mollari uchun ajratilishi bo‘yicha kelishib olindi», — deyiladi viloyat IIB matbuot xizmati xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nurobodda 1,5 mingga yaqin qo‘y tuman hokimligi binosi oldiga haydab kelingani yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi