Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda yoshlar masalasi bo‘yicha videoselektor o‘tkazayotgani haqida xabar bergandik. Davlat rahbari yig‘ilish davomida bir qator mutasaddilarni ishdan bo‘shatdi.
Davlat rahbari tomonidan ta’kidlanishicha, bir qator hududlarda yoshlarga kasb-hunar o‘rgatish va tadbirkorlikka o‘qitishda sustkashlikka yo‘l qo‘yilgan.
— Bu holat imtiyozli kreditlarni ajratishdan avval, yoshlarni tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitishga yetarli e’tibor berilmayotganidan dalolat, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Yig‘ilishda aytilishicha, ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash Surxondaryo viloyatida 30 foizni (15 ming 500 nafar) tashkil etib, bu respublikadagi eng past ko‘rsatkichni tashkil etmoqda.
Yoshlar bilan yetarli ish olib borilmagani oqibatida, ular o‘rtasida jinoyatchilik Surxondaryoda 70 foizga oshgan (239 ta jinoyat). Bu boradagi ahvol Shofirkon, Qamashi, Xiva va Chust tumanlarida ham qoniqarsiz.
Shu bois, yoshlar bilan ishlashni lozim darajada tashkil etmagani uchun, Surxondaryo viloyati hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Begimqulov, Furqat tumani hokimi Soliyev va Ulug‘nor tumani hokimi Maxsudov lavozimidan ozod qilindi.
Shuningdek, yoshlar jinoyatchiligining oldini olish bo‘yicha zarur choralar ko‘rmagani uchun, Shofirkon va Qamashi tumanlari prokurorlari, Xiva va Chust tumanlari ichki ishlar bo‘limlari boshliqlari va yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashda sustkashlikka yo‘l qo‘ygani uchun Xo‘jayli hamda Angor tumani soliq idoralari rahbarlari ishdan bo‘shatildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda?
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”