15:23 / 15.04.2021
1 998

«Afrosiyob» poyezdida unutib qoldirilgan 9 ming dollarga yaqin pul egasiga qaytarildi

«Afrosiyob» poyezdida unutib qoldirilgan 9 ming dollarga yaqin pul egasiga qaytarildi
Toshkent—Buxoro—Toshkent yo‘nalishida qatnovchi «Afrosiyob» poyezdida yo‘lovchi tomonidan unutib qoldirilgan pullar o‘z egasiga qaytarildi, deb xabar beradi IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi.

Foto: IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi
Ma’lum qilinishicha, 13 aprel kuni 762-sonli Toshkent—Buxoro—Toshkent yo‘nalishidagi yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» poyezdining 5-vagonida ichida 8850 AQSH dollari, 1,93 million so‘m pul, ikkita fuqarolik pasporti va shaxsiy buyumlari mavjud erkaklar qo‘l sumkasi yo‘lovchi A.Q. tomonidan unutib qoldirilgan.

«Ushbu holat Transportda XTBB Yo‘lovchi poyezdlarini kuzatish batalyoni xodimi Sh.Xudayberganov tomonidan aniqlandi», — deyiladi xabarda.

Qo‘l sumkasi xolislar ishtirokida kerakli hujjatlar asosida rasmiylashtirilib, o‘z egasiga to‘liq va beshikast holda yetkazilgan.

Fuqaro Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi YPKB xodimlariga o‘z minnatdorchiligini bildirgani aytilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Afrosiyob» poyezdida unutib qoldirilgan 9 ming dollarga yaqin pul egasiga qaytarildi