13:09 / 16.04.2021
1 899

MIB Angren shahar bo‘limi boshlig‘ining o‘z xodimlariga nisbatan haqoratomuz munosabati Senat nazoratiga olindi


Angrenda xodimlarini so‘kib, yarim tunda boshqarmaga borishni buyurgan MIB boshlig‘i harakatlari Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan nazoratga olindi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.

Unda aytilishicha, MIB Angren shahar bo‘limi boshlig‘i M.Yu. xodimlarning Telegram guruhida ijro xodimlarining kunlik rejasini bajarmaganligi uchun ularni kasb odobnomasiga, insoniylik fazilatlariga, qolaversa, ayollik fazilatlariga to‘g‘ri kelmaydigan hamda kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqoratlagan.

«Mamlakatimizda inson qadri hamma narsadan ustun bo‘lib turgan bir paytda, afsuski, bunday ‘rahbarlar’ ham uchramoqda. Tabiiyki, ushbu holat senatorlarni ham befarq qoldirmadi. Shu bois Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Majburiy ijro byurosidan mazkur holat bo‘yicha byuroning Angren shahar bo‘limi boshlig‘ining xatti-harakatlarini atroflicha tahlil qilib, qonuniy chora ko‘rilishi va tegishli axborot taqdim etilishini so‘raydi», — deyiladi O‘zbekiston parlamenti yuqori palatasi xabarida.

Shuningdek, qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda «MIBning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi xodimlari nomidan bosh prokurorga shikoyat yo‘llangan. Holatni markaziy apparat o‘rganmoqda» nomli xabar e’lon qilingan. Ushbu holatni o‘rganish natijalari yuzasidan bayonot berilmagan.

«O‘z o‘rnida, mazkur holat Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan holda o‘rganib chiqilishi va natijasi yuzasidan rasmiy bayonot berilishi so‘raladi», — deyiladi xabarda.

Har ikki holat Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan nazoratga olingani ma’lum qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB Angren shahar bo‘limi boshlig‘ining o‘z xodimlariga nisbatan haqoratomuz munosabati Senat nazoratiga olindi