
Toshkentdagi maktablardan birida dars paytida yuz bergan holat yuzasidan Xalq ta’limi vazirligi munosabat bildirdi.
Bloger Shahnoza Soatova Toshkentdagi maktablardan birida dars paytida yuz bergan holat bo‘yicha post e’lon qilgandi. Unda dars paytida bolalarning oyoq kiyimi yechtirilib, paypog‘i tekshirilgani, kalta paypoqlilarni suratga olishgani qayd etilgandi.
«Mazkur holat internet tarmog‘ida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Dastlab, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan keltirilgan holat yuzasidan maktablarga hech qanday topshiriq berilmaganligini ma’lum qilamiz.
Shu o‘rinda mazkur hodisa Mirobod tumanidagi 110-maktabda bo‘lib o‘tganligi aniqlangan va hozirda haqiqiy holat bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda», deyiladi XTV munosabatida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar