2 789
«Bek-baraka» bozorida sotuvchidan kunlik pul talab qilgan ayollarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
2021 yilning 6 aprel kuni soat 05:10larda 40 yoshli Nigina I. va 32 yoshli Nargiza Yu. Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan “Bek-baraka” savdo majmuasi hududida 43 yoshli Safaroy B. kiyim-kechak ulgurji savdosi bilan shug‘ullanayotgan vaqtida unga tegishli qo‘lbola usulda yasalgan savdo rastalarini uloqtirib, turli xil ayollar kiyim-kechaklarini talon-toroj qilib ketib qolganlar.
IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, Nigina I. va Nargiza Yu. ham “Bek-baraka” bozorida savdo ishlari bilan shug‘ullanishi, Safaroy B.ni savdo qilayotgan joyi ularga “tegishli” ekanini, undan savdo joyi uchun kunlik pul berishini talab qilib, savdo qilishiga muntazam ravishda to‘sqinlik qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Zangiota tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Nigina I. va Nargiza Yu.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (Talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi doirasida jabrlanuvchiga yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanib, uni qoplash choralari ko‘riladi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi