O‘zbekistonda karantin talablarining rioya qilinishini ta’minlamagan davlat idoralari rahbarlari ishdan olinadi. Bu haqda bosh vazir Abdulla Aripov Respublika maxsus komissiyasi yig‘ilishida ma’lum qildi, deb xabar beradi «Daryo».
Bosh vazir joylarda karantin qoidalariga rioya qilmayotganini keskin tanqid qilgan.
«Prezident topshirig‘i bilan ‘mahallabay’ ishlarni amalga oshirayotgan ishlarning monitoring bo‘yicha hududlarga chiqqanimizda birorta odamning tibbiy niqob taqib yurganini ko‘rmaymiz. Shunchalik ham befarqlik bo‘ladimi? Ko‘plab davlat idoralaridagi xodimlar yana kasallanyapti.
Ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya hamda Sanitariya epidemiologiya xizmati tomonidan aholi o‘rtasida karantin cheklovlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratning yetarli darajada olib borilmayotganligi ham kasallanish holatining ortishiga olib bormoqda.
To‘ylarga 200-300 talab odam aytilyapti. Davlat boshqaruv idoralarida rahbar lavozimlarida ishlaydiganlar ham xuddi shu ishni qilyapti. Bizda bu borada ma’lumotlar ham yo‘q emas. Kerak bo‘lsa, lavozimidan ketadi. Bir-ikkita rahbar karantin talabini bajarmagani uchun ham ketadi. Bir necha bor ta’kidlanganiga qaramay, davlat idoralaridagi yopiq zallarda 2-3 soatlab majlislar o‘tkazilyapti», — deydi Abdulla Aripov.
Shuningdek, bosh vazir Prezident yig‘ilishlar 45 daqiqadan oshishi kerak emasligini eslatib, davlat idoralari rahbarlariga majlislarni «tez-tez o‘tkazib, ishini qilishni» aytib o‘tgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi
Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling”
Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi
Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz"
Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi