Majburiy ijro byurosi Farg‘ona shahar bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining 10.11.2020 yildagi 2-2005/12607-sonli ijro varaqasiga asosan qarzdor A.Saidovdan undiruvchi Q.To‘ychiyev foydasiga 55 544 176 so‘m qarzdorlikni undirish haqida ijro hujjati mavjud.
Mazkur ijro varaqa bo‘yicha 04.12.2020 yilda ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilib, majburiy ijro harakatlari olib borilganida A.Saidov nomiga rasmiylashtirilgan mol-mulklar aniqlanmagan. Shuningdek, qonun talablarini tushuntirishlarga qaramasdan A.Saidov sud hujjati ijrosini ta’minlashdan bo‘yin tovlab kelgan.
Joriy yilning 27 yanvar kuni qarzdor A.Saidovning O‘zbekiston Respublikasidan chetga chiqish huquqlari cheklangan. A.Saidov tijorat maqsadlarida xorij davlatlariga chiqish imkoniyatidan mahrum bo‘lgach, Q.To‘ychiyevga qarzini qaytarishga to‘g‘ri kelgan.
Xususan, Byuroning Farg‘ona shahar bo‘limida undiruvchi Q.To‘ychiyev xolislar ishtirokida 55 mln. 545 ming so‘m naqd pulni qarzdor A.Saidovdan to‘liq naqd shaklda qabul qilib olgan va shunga ko‘ra sud hujjati ijrosi to‘liq ta’minlangan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi
AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi
Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi”
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?
Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor”
Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi?