11:25 / 20.04.2021
1 898

Tanishining suratlarini internetda tarqatish bilan qo‘rqitib, undan 5 mln so‘m talab qilgan nigeriyalik ushlandi


Foto: Tergov departamenti
Toshkent viloyatida tovlamachilik yo‘li bilan tanishidan pul talab qilgan Nigeriya fuqarosi qo‘lga olindi, deya xabar qilmoqda Tergov departamenti.

Qayd etilishicha, 2021 yilning 14 aprel kuni Toshkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi, Jinoyat qidiruv bo‘limi va DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir davomida O‘zbekistonga ingliz tili fani bo‘yicha o‘qitish maqsadida kelgan nigeriyalik 34 yoshli O.I. tanishi X.O.ni o‘z uyida mehmon qilib, uning ichimlik suviga noma’lum modda qo‘shib bergan.

Nigeriyalik X.O.ni sarxush holatga kelganidan foydalanib rasmga tushirgan va ushbu suratlarni Telegram messenjeri orqali tarqatib yubormasligi evaziga 5 000 000 so‘m pul talab qilgan.

Foto: Tergov departamenti
Nigeriya fuqarosi Toshkent shahar Yunusobod tumanida joylashgan Shoxsaroy to‘yxonasi oldida X.O.dan 2 000 000 so‘m pullarni tovlamachilik yo‘li bilan olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Yangiyo‘l shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov davomida jinoyatning kelib chiqish sabablari to‘liq o‘rganilib, huquqiy baho berilishi ta’minlanishi ma’lum qilingan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tanishining suratlarini internetda tarqatish bilan qo‘rqitib, undan 5 mln so‘m talab qilgan nigeriyalik ushlandi