3 840
Xorazmda oilali erkak bilan 16 yoshidan yashab kelgan qizni samosud qilgan ayollarga sud hukmi o‘qildi
Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir tumanida 2020 yilning iyunida bir necha ayol boshqa bir ayolni urib, sochlarini qirqib «samosud» qilgandi, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.
O‘tkazilgan surishtiruv davomida bunga 20 yoshli ayol H.O.ning 3 nafar farzandi bo‘lgan erkak bilan 2016 yildan buyon yashab kelayotgani sabab bo‘lgan. D.K. uni o‘g‘lining oilasini buzganlikda, uch nafar farzandi yetim qolayotganlikda ayblab, yana uch ayol ishtirokida kiyimlarini yirtib, qo‘llarida bo‘lgan tayoq bilan urib, do‘pposlagan, qaychi bilan sochlarini qirqib tashlagan.
Sud-tibbiy ekspertiza xulosasida H.O.ning chap bilak, chap-o‘ng yelka, boldir, chap son va ko‘krak qafasi qontalashlari bo‘lib, yengil tan jarohati olgani aniqlangan.
IIV Tergov departamenti uni kaltaklagan D.K., hamda D.O., R.N. va D.R.ga sud hukmi o‘qilganini ma’lum qildi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shko‘pir tumani sudining hukmiga ko‘ra, D.K., D.O., R.N.ga 1 yil-u 6 oy, D.R.ga esa 1 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan. Jabrlanuvchi H.O.ning ularga nisbatan hech qanday da’vosi yo‘qligi inobatga olingan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi?
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi”
AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi
Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor"
Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi”