
Fanlar akademiyasi va sog‘liqni saqlash vazirligi mutasaddilari ishtirokidagi matbuot anjumanida Rutan haqida ma’lumot berildi.
Qayd etilishicha, Rutan preparati antioksidantlik va antigipoksik xususiyatlarga ega bo‘lib, SARS-COV-2 virusining 2 ta muhim ferment tizimini ingibirlaydi.
Virusning hujayrada ko‘payishi va tarqalishi hamda patologik va yallig‘lanish jarayonini chaqiruvchi oqsillar hosil bo‘lishini to‘xtatadi va kasalliklarda salbiy holat — «sitokinin bo‘roni»ning oldini oladi. Natijada, SARS-CoV-2 virusiga chalingan bemorlarning sog‘ayish muddati qisqaradi va bemor o‘z holatiga tez qaytadi.
Rutan preparati 103 ta koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan o‘rtacha og‘irlikda kechayotgan bemorlarda qayd etilgan dozada sinalganda, SOVID-19 orqali chaqirilgan yallig‘lanish jarayonining asosiy vositachisi bo‘lmish S-reaktiv oqsili miqdorining statistik ahamiyatli kamayishi kuzatildi va bu orqali uning aniq yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega ekanligi aniqlandi. Rutan qabul qilgan biron-bir bemorga kasallik davomida oksigenatsiyaga muhtojlik bo‘lmadi.
Rutan preparatini qabul qilgan sinov guruhi bemorlarini protokol davolash fonida kasallikning 4-5 kuni davomida ulardan SOVID -19 virusiga olingan PZR-test tahlili salbiy bo‘ldi.
Klinik sinov natijalariga ko‘ra, «Rutan tabletkalari, 0,1 g» №20 o‘rtacha og‘irlikda kechayotgan o‘pka yallig‘lanishi 30% bo‘lgan COVID-19 kasalligiga hamda grippning barcha shtammlariga qarshi dori vositasi sifatida qo‘llash uchun ruxsat etildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar