Joriy yilning 22 aprel kuni tungi soat 01.20 larda Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidan oqib o‘tuvchi “Norin” daryosi ustida joylashgan ko‘prik qirg‘og‘iga tushgan notanish ayol farzandi bilan birgalikda suvga tashlagan vaqtida, ushbu hududda xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi xodimi hamda voqea joyidan o‘tib ketayotgan yo‘lovchi fuqaro A.A. tomonidan qutqarilib, tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilgan.
Olib borilgan dastlabki surishtiruvlar davomida ushbu ayol Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro X.M. bo‘lib 2017 yilda tug‘ilgan farzandini o‘ziga bog‘lagan holda suvga tashlagani ma’lum bo‘lgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Uchqo‘rg‘on tuman IIB tomonidan surishtiruv ishlari davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi