18:04 / 24.04.2021
1 859

Qidiruvdagi shaxsdan 12 oylik aliment qarzdorligi undirildi


Majburiy ijro byurosi Shayxontohur tuman bo‘lim ish yurituvida FIB Shayxontoxur tumanlararo sudining 20.11.2007 yildagi qaroriga asosan, qarzdor F.U.dan undiruvchi Sh.U. foydasiga bir nafar farzandi ta’minoti uchun 1/4-qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan bo‘lib, ijro ishi yuritish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qaror nusxasi tomonlarga yuborilgan.
 
Qarzdor F.U. tomonidan aliment qarzdorligi vaqtida to‘lanmagach, davlat ijrochisi tomonidan qarzdor otaga nisbatan qidiruv e’lon qilingan. Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor F.U.ning yashash manzili aniqlanib, ushbu xonadonidagi mol-mulklar xatlanib, band solingan.

Shundan so‘ng qarzdor F.U. tomonidan 01.03.2020 yil kunidan 01.03.2021 yil kuniga qadar vujudga kelgan 50 mln. 64 ming so‘m aliment qarzdorligini to‘liq to‘lab berilishi bilan bir qatorda qo‘shimcha yana bir yil muddat uchun 45 mln. so‘m jami 95 mln. 64 ming so‘m pul mablag‘lari undirilib berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qidiruvdagi shaxsdan 12 oylik aliment qarzdorligi undirildi