1 958
102,6 million so‘mlik biologik aktiv qo‘shimchalarni noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
Bojxona organlari tomonidan yashirin iqtisodiyotga chek qo‘yish maqsadida hamda yurtimizga noqonuniy yo‘llar bilan dori-darmonlarni kirib kelishiga qarshi tezkor tadbirlar muntazam o‘tkazilib kelinmoqda.
Jumladan, qo‘shni mamlakatdan Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan fuqaro A.U.ning qo‘l yuklari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, uning sumkasi ichidan, og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan, umumiy qiymati 52,3 million so‘mlik jami 102 dona “UNICAMEL” nomli bialogik aktiv qo‘shimcha tovarlari borligi aniqlandi.
Yana bir holatda “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan fuqaro B.A.ning qo‘l yuklari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, uning sumkasi ichida og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan, umumiy qiymati 50,2 million so‘mlik, jami 98 dona “UNICAMEL” va “UNI BALM” nomli biologik faol qo‘shimchalar borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”