
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov tomonidan o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilinishicha, ushbu haftada ham ko‘plab tadbirlar, masalalar muhokamasi bo‘lib o‘tadi. Shular qatorida, qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish bo‘yicha videoselektor o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Unda ikkita asosiy yo‘nalish:
- birinchisi — ichki bozorni qurilish materiallari bilan yetarlicha ta’minlash, energiya samaradorligi orqali tannarxni tushirish;
- ikkinchisi — import tarkibini o‘rganib, ularning o‘rnini bosadigan sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish, buning uchun yangi investitsiya loyihalarini shakllantirib, korxonalarni qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilinadi.
Shuningdek, bu haftada davlatimiz rahbarining Xitoy Raisi Si Szinpin va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan muloqotlari ham rejalashtirilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar