16:36 / 06.05.2021
15 905

Farg‘onada bosqinchilikda ayblanayotgan 4 nafar shaxs sud binosidan qochib ketdi


Farg‘onada bosqinchlik jinoyatida ayblanayotgan to‘rt nafar shaxs sud binosidan qochib ketgani aytilmoqda. Voqelik jinoyat ishlari bo‘yicha Toshloq tuman sudida yuz bergan. Manbamizga ko‘ra, sudlanuvchilarning barchasiga dastlabki tergovdayoq «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llangan bo‘lib, ular ichki ishlar organi xodimlarining kuzatuvi va nazoratida sud majlisiga olib kelingan.

Shunga qaramay, og‘ir jinoyatda ayblanayotganlar qanday qilib sud binosidan qochib ketishga muvaffaq bo‘lishgan – bu endi katta savol.

Og‘ir jinoyatda ayblanayotganlarning ikki nafari aka-uka ekani aytilmoqda. Yana ikki nafari muqaddam bir necha marta sudlangan shaxslar ekani aniq, — deydi «Xabar.uz» axborot-tahliliy portali.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada bosqinchilikda ayblanayotgan 4 nafar shaxs sud binosidan qochib ketdi