20:58 / 06.05.2021
1 983

Bag‘dodda tadbirkordan 2,5 mlrd. so‘m soliq undirildi


Majburiy ijro byurosi Bag‘dod tuman bo‘limiga Farg‘ona viloyati Davlat soliq boshqarmasining 30.03.2021 yildagi qarzdor OOO “Fergana Spinning” MCHJdan 2 512 000 000 so‘m soliq qarzini undirish haqidagi qarori ijro uchun kelib tushgan.

Qarzdor OOO “Fergana Spinning” MCHJ mas’ullari bilan o‘tkazilgan uchrashuv jarayonida soliq qonunchiligi talablari hamda majburiy ijro harakatlari amalga oshirilgan taqdirda ijro yig‘imi miqdorlari haqida tushunchalar berildi, biroq mas’ullar “ho‘p bo‘ladi”dan nariga o‘tmagan.

Shundan so‘ng, majburiy ijro harakatlari o‘tkazishga kirishilib  jamiyatning barcha bank hisobraqamlariga band solingan. Bu holatdan keyin OOO “Fergana Spinning” MCHJ o‘z faoliyatini davom ettirishga ojiz qolib, davlat oldida o‘z majburiyatini eslashiga to‘g‘ri kelgan va 30.04.2021 yilda 2 mlrd. 550 mln. so‘m miqdorida soliq qarzi va boshqa ijtimoiy to‘lovlarni to‘liy to‘lab berishga majbur bo‘lgan.

Zero, soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash jismoniy va yuridik shaxslarning davlat oldidagi majburiyatlaridan biridir.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bag‘dodda tadbirkordan 2,5 mlrd. so‘m soliq undirildi