13:00 / 08.05.2021
3 047

Namanganda maktab o‘quvchisi 36 yashar ayolni o‘ldirib, jasadni kanalga tashlab yubordi

Namanganda maktab o‘quvchisi 36 yashar ayolni o‘ldirib, jasadni kanalga tashlab yubordi

Foto: «Daryo»
Namanganda maktab o‘quvchisi 36 yashar ayolni o‘ldirib, jasadni kanalga tashlab yubordi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

Joriy yil 31 mart kuni To‘raqo‘rg‘on tumanidagi «Uzumzor» mahallasida yashovchi fuqaro huquq-tartibot idoralariga murojaat qilib, 1985 yilda tug‘ilgan singlisi Dildora Murodova (ism-shariflar shartli) uch kun avval soat 18:30 atrofida yashash xonadonidan chiqib ketib, qaytib kelmagani va bedarak yo‘qolganini ma’lum qilgan. Uni qidirib topishda amaliy yordam so‘ragan.

Ushbu holat yuzasidan To‘raqo‘rg‘on tumani prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, viloyat prokuraturasi tomonidan ish yurituvga olingan.

Olib borilgan tezkor-tergov harakatlari davomida o‘sha kuni ayolni «Sohilobod» mahallasida yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan, 23-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Husan Jamolov (ism-shariflar shartli) Nexia avtomashinasida olib ketgani aniqlangan.

«Ma’lum bo‘lishicha, Husan Dildoraning iltimosiga ko‘ra, uni ‘Qodirobod’ mahallasi hududidagi ‘Oltin baliq’ oshxonasiga olib borgan. Yo‘lda ketayotganlarida ayol uning opasi haqida nojo‘ya gaplarni aytadi. Bundan darg‘azab bo‘lgan o‘smir avval qo‘llari bilan uning yuzi va boshiga uradi. Mashinadan tushib qochib ketayotganda quvib yetib olib, yerga yiqitib, avtomobilda bo‘lgan bolg‘acha bilan uning bosh sohasiga bir necha marotaba zarba beradi. D.Murodovaning o‘lganiga ishonch hosil qilib, jasadni avtomashina yukxonasiga ortadi. ‘Uzumzor’ mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Shimoliy Farg‘ona kanaliga olib kelib, suvga tashlab yuboradi», — deydi To‘raqo‘rg‘on tumani IIB jinoyat-qidiruv bo‘limi tezkor vakili, katta leytenant Shavkat Qosimov.

Mazkur hodisadan 20 kun o‘tib, ya’ni, 2021 yil 17 -prel kuni Pop tumani, «Anhor» mahallasi hududidan oqib o‘tgan Shimoliy Farg‘ona kanalining 5-kilometrida joylashgan 4-bo‘lim «Chortoq usti» suv olish inshootidan D.Murodovaning bosh sohasidagi tan jarohatlari bilan jasadi topiladi. Hozirda ushbu jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda maktab o‘quvchisi 36 yashar ayolni o‘ldirib, jasadni kanalga tashlab yubordi