09:00 / 09.05.2021
3 797

«Oyog‘i yerdan uzilgan Uchqo‘rg‘on YPX xodimlari» videosiga izoh berildi


Ijtimoiy tarmoqda «Oyog‘i yerdan uzilgan Uchqo‘rg‘on YPX xodimlari» sarlavhasi ostida tarqalgan video lavha yuzasidan Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 2 may kuni soat 09:30larda, Namangan viloyati Uchqurg‘on tumani hududida joylashgan dehqon bozori oldida xizmat olib borayotgan IIB YHXB inspektori mayor G‘.Ibragimov tomonidan davlat raqam belgisisiz harakatlanib kelgan «Neksiya” rusumli avtomashinani to‘xtatilgan. Haydovchining me’yoriy hujjatlarni tekshirish vaqtida ham kamchiliklar aniqlangan va tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomobil jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Oradan 3 kun o‘tib, joriy yilning 5 may kuni soat 09:22larda IIB YHXB inspektori G‘.Ibragimov yuqorida ko‘rsatilgan joyda xizmat olib borayotgan vaqtda ushbu «Neksiya» haydovchisi uning oldiga borib xodimdan ko‘krak nishon belgisini so‘rab video tasvirga olgan va ijtimoiy tarmoqga tarqatgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Namangan viloyati IIB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda, deyiladi xabarda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat