Otabek Sattoriy 6 yil-u 6 oy muddatga «kesildi»

2 daqiqa o'qish4.3K
Otabek Sattoriy 6 yil-u 6 oy muddatga «kesildi»
2021 yil 10 may kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Muzrabot tuman sudida Otabek Sattoriy (1980 yilda Termiz shahrida tug‘ilgan, blogerlik faoliyati bilan shug‘ullanadi, muqaddam sudlanmagan) ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi.

Mazkur jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Muzrabot tuman sudi raisi T. Abdiraimov raisligida ko‘rib chiqildi.

E’lon qilingan sud hukmiga ko‘ra, O. Sattoriy ayblovning jabrlanuvchi N. Narbayevani haqorat qilganligi bo‘yicha Jinoyat kodeksining 140-moddasi (haqorat qilish) 3-qismi «a» bandi bilan hamda T. Ko‘charov, A. Xudoyqulov va Z. Xursanovga nisbatan takroran tovlamachilik qilganligi bo‘yicha Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) 2-qismi «a»bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybsiz deb topilib, ushbu moddalar bilan uning harakatlarida jinoyat tarkibi bo‘lmaganligi sababli oqlandi.

O. Sattoriy Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) 3-qismi «a», «g» bandlari va 165-moddasi 3-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasi (yengilroq jazo tayinlash) qo‘llab, 59-moddasi (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) va 61-moddasi (jazolarni qo‘shishning hisoblash qoidalari) ga asosan tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li orqali uzil-kesil 6 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Ashyoviy dalil deb e’tirof etilgan 1 dona «Vivo-X50» rusumli uyali telefon apparati qonuniy egasi L. To‘rayevga, 1 dona «Redmi 5+» rusumli uyali telefon apparati va 1 dona «Zotac» rusumli kompyuter protsessori qonuniy egasi sudlanuvchi O. Sattoriyga qaytarilishi belgilandi.

Termiz shahridagi xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanuvchi notarius H. Boboqulov tomonidan 2020 yil 2 iyul kuni KSH 032769 SV sonli reyestr bilan tasdiqlangan «Termiz Eko Ekspress loyiha» MCHJ rahbari T. Shapulatov bilan O. Sattoriy o‘rtasida tuzilgan Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, «Ma’rifat» mahallasi, Istiqlol ko‘chasi, 6-uyda joylashgan 42-raqamli kvartirani O. Sattoriyga sotganligi bo‘yicha tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi haqiqiy emas deb topildi.

«Termiz Eko Ekspress loyiha» MCHJ rahbari T. Shapulatovdan sudlanuvchi O. Sattoriy foydasiga jami 234 835 000 so‘m undirilishi belgilandi.

Ushbu jinoiy ish bo‘yicha sudga raislik qiluvchi tomonidan taraflarga jinoyat oqibatida yetkazilgan ma’naviy zararni undirish masalasida tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga murojaat qilish huquqi mavjudligi hamda sudlanuvchilar va boshqa tomonlarga hukm ustidan shikoyat qilishning qonunda belgilangan tartibi va muddati tushuntirildi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?